Scholarly article · 2(26)
O‘ZBEK NUTQI VA MILLIY MULOQOT MADANIYATIDA PARALINGVISTIK VOSITALARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek nutqiy muloqotida qo‘llaniladigan paralingvistik vositalar – imo-ishora, mimika, ovoz ohangi, pauza, nigoh va boshqa noverbal vositalarning lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Til va nutqning nafaqat verbal, balki noverbal komponentlari ham milliy-madaniy o‘ziga xoslikni aks ettiruvchi muhim vosita ekanligi asoslanadi. Maqolada paralingvistik vositalarning o‘zbek xalqi mentaliteti, urf-odatlari, ijtimoiy-madaniy qadriyatlari bilan bog‘liqligi, ularning muloqot jarayonida bajaradigan funksiyalari (ma’noni kuchaytirish, his-tuyg‘uni ifodalash, nutqiy vaziyatni to‘ldirish va h.k.) ochib beriladi. Tadqiqot jarayonida o‘zbek so‘zlashuv nutqi va badiiy matnlardan olingan misollar lingvokulturologik va pragmalingvistik tahlil usullari orqali o‘rganildi. Maqola natijalari o‘zbek tilshunosligi, lingvokulturologiya sohalarida amaliy va nazariy ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar