Scholarly article · 1(26)
DARS JARAYONINING TASHKILIY-PEDAGOGIK MEXANIZMLARI: TUSHUNCHANING PEDAGOGIK MOHIYATI VA TARKIBIY TUZILMASI
Abstract
Mazkur maqolada dars jarayonining tashkiliy-pedagogik mexanizmlari tushunchasining pedagogik mohiyati, funksional xususiyatlari va tarkibiy tuzilmasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tashkiliy-pedagogik mexanizmning dars jarayonini maqsadli, tizimli, izchil va natijaviy tashkil etishdagi o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, uning tartibga soluvchi, integrativ, moslashuvchan, nazorat-baholash hamda rag‘batlantiruvchi funksiyalari yoritilgan. Dars jarayonining tashkiliy-pedagogik mexanizmi maqsadli, mazmuniy, tashkiliy-texnologik, vosita-resurs, boshqaruv-nazorat va natijaviy-baholovchi komponentlardan tashkil topgan yaxlit pedagogik tizim sifatida asoslangan. Mazkur komponentlarning o‘zaro uzviy aloqadorligi va dinamik xususiyati tahlil qilinib, ularning ta’lim samaradorligini oshirish, pedagogik jarayonni oqilona boshqarish hamda o‘quvchilarning faol ta’limiy faoliyatini ta’minlashdagi amaliy ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
Kalit so'zlar